пятница, 22 декабря 2017 г.

“JETKINSHEK” HARDOIM BOLALARGA QUVONCH ULASHADI…


“Jetkinshek” gazetasi Qoraqalpog’iston bolalari va yosh o’smirlarining sevimli gazetalarining biridir. Bu gazetada ijod olamiga kirib kelgan yosh ijodkorlar o’z o’rnini topgan. O’quvchilarning ijodiy qobiliyatini oshirish va ularni rivojlantirib borish maqsadida ko’plab uchrashuvlar, seminar-trening va tanlovlar o’tkazilib turadi.
Yaqinda gazeta redakciyasida “Yil yakuni-2017” taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unda yil davomida o’z ijod namunalari bilan gazetaga va undagi tanlovlarga faol ishtirok etganlar va g’oliblar taqdirlandi.
Gazetada yil mobaynida o’tkazilgan “Kitabim-Quyashim” tanlovining nazm, nasr va masal janrlari, shuningdek “Eng, Eng, Eng” nominatsiyasi bo’yicha g’oliblar va 2017-yil uchun gazetaga to’liq obuna bo’lganlarga “Faxriy yorliq” va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.


“Jetkinshek” gazetasini sevib o’quvchi va hardoim o’z do’stidek qadrlovchi bolalarga Yangi yil bayrami oldidan bir olam quvonch bag’sh etdi. Yurtimizda shunaqangi ijodga chanqoq va qobiliyatli avlod voyaga yetar ekan, “Jetkinshek” qobiliyatlarni rivojlantirish va ularni rag’batlantirishda hech qachon charchamaydi.

Dinora BEGDULLAEVA
O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi
Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi yonida tashkil etilgan
“Yosh reportyorlar” klubining a’zosi

QDU qoshidagi akademik litseyning 2-bosqich o’quvchisi

Комментариев нет:

Отправить комментарий