Bugungi tadbirning tub mohiyatida, poydevorida turgan
inson bitta – Shavkat Mirziyoyev. U kishi adabiyotimizga katta e’tibor
qaratyabdi. Nima uchun sizlarni avtobuslarda olib borib, yo’l xodimlari tomonidan
yo’llar ochib berilyabdi? Sizlarning yo’lingiz ochiq bo’lsin, deyabdi.
Yurtboshimiz ijodkorlarimizning yo’li to’silmasin deb, barcha yo’llarni ochib,
imkoniyatlarni yaratib beryabdilar” – deya ta’kidladi taniqli yozuvchi,
adabiyotshunos olim va jurnalist Xurshid Do’stmuhammad.
U kishining so’zlari va
ijodkorlarga bildirgan katta ishonchi yoshlarga cheksiz ilhom bag’sh etdi va
festivalni haqiqiy ijod olamiga aylantirdi.
Ulug’ sohibqiron bobomiz Amir
Temur haykali qad ko’targan Oqsaroy maydoni va “Beruniy” oromgohi yosh
ijodkorlarga chinakam ijodiy muhit vazifasini bajardi.
6 yo’nalish: nasr, nazm,
publisistika, dramaturgiya, badiiy tarjima va tasviriy san’at bo’yicha bahor
ilhomlari ufurib turgan ijodiy asarlar festivalning mahsuli bo’ldi.
-Ijod sehri ila yaralgan
asarlarimizni tarannum etganimizda ustozlarimiz o’z saboq va maslahatlarini
berishib, haqiqiy ijod maktabini kashf etib berdi. Festival ijod faoliyatimizni
yanada sayqallab, qalamimizning o’tkirlashishi va do’stlar orttirishimizga
zamin yaratdi. Ijod maydonimizda joylashgan ko’hna imoratlar esa, tariximizga
bo’lgan iftixor tuyg’usini uyg’otib, qalam tebratishga undadi. Hardoim yosh
ijodkorlarni qo’llab-quvvatlaydigan Respublika Yosh Ijodkorlar Kengashiga
o’zimizning cheksiz minnatdorchiligimizni izhor qila turib, adabiyotimiz ertasi
bo’lgan yoshlarga Ibrayim Yusupov va Abdulla Oripovdek ijodiy muvaffaqiyatlar
tilab qolamiz, - deydi festival ishtirokchilari bo’lgan bir qator
qoraqalpog’istonlik yoshlar.
Butun O’zbekistonning ijodkor
yoshlarini o’zida jam qilgan bu festival haqiqatan Shahrisabz dalalaridagi “O’zbekiston bahori” bo’lib
oltin qalamlar ila ijodiyot tarixi zarvaraqlarida muhrlanadi.
Dinora BEGDULLAYEVA
Respublika yoshlar markazi
Qoraqalpog’iston bo’limi
yonida
tashkil etilgan
“Yosh jurnalistlar”
klubi a’zosi
Комментариев нет:
Отправить комментарий